
- 4
- 05.10.2026 09:31:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Yangi vazirlik maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar hamda ilmiy faoliyatni yagona tizim asosida boshqaradi.
Islohotdan maqsad ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda inson kapitalini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Shuningdek, Ilhom Tohirovich Sirojev Ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.