Ichki ishlar vazirligi Litva kompaniyasidan 44 milliard so‘mlik planshetlar sotib oladi

Ichki ishlar vazirligi Litva kompaniyasidan 44 milliard so‘mlik planshetlar sotib oladi
  • 7
  • 07.07.2023 10:41:00
  • 1 daq o'qish

Yangi jihozlar huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari, patrul-post xizmati xodimlari va boshqa xizmatlar tomonidan qo‘llaniladi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasi portali — (UzEX Tender)da Ichki ishlar vazirligi ehtiyojlari uchun planshetlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalari e’lon qilindi.
Hujjatdan ko‘rinib turibdiki, Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari, patrul xizmati xodimlari va boshqa xizmatlar uchun 7 ming dona planshet sotib oladi.
Ushbu uskunalar:
— ma’muriy bayonnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
— qidiruvda bo‘lgan fuqarolar va o‘g‘irlangan transport vositalarining mavjud ma’lumotlar bazasiga tezkor kirish;
— qidiruvda bo‘lgan shaxslar asosida shaxsni aniqlash;
— Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlash;
— matnli hujjatlar, fotosuratlar va videolar, ovozli fayllarni yuborishda foydalaniladi.
Qayd etilishicha, tenderning boshlang‘ich bahosi 53,7 milliard so‘mni tashkil qilgan. Tenderda Start Group (Litva) g‘olib bo‘lgan va u endi 3,61 million yevroga (44,6 milliard so‘m) planshetlar yetkazib beradi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News