
- 3
- 01.02.2025 07:46:00
- 1 daq o'qish
xxx
Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, respublikada murda a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishni joriy etish juda muhim. Hozirgi kunda jigarni ko‘chirib o‘tkazish uchun donorlar yetishmasligi muammosi dolzarb bo‘lib turibdi va bitta vafot etgan odamdan 7—8 tagacha a’zoni olish orqali insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
Murda donorligi tizimi joriy etilsa, jigar, buyraklar, retikulyar hujayralar, ilik, o‘pka, yurakni olsh va transplantatsiya qilish mumkin bo‘ladi.