
- 0
- 08.08.2025 10:05:00
- 1 daq o'qish
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda 150 ta litsenziyali xalq tabobati subyekti bor. Biroq so‘nggi paytlarda ruxsatsiz va tasdiqlanmagan usullar bilan davolashga urinayotgan shaxslar ko‘paymoqda. Ijtimoiy tarmoqlar esa bu kabi “xizmat”larni targ‘ib qilayotgan platformaga aylangan.
Vazirlik bunday muolajalar milliy protokollarga zid ekanini va ular uchun hech qanday litsenziya berilmaganini bildirdi. 2024-yilda 38 ta, 2025-yil 1-iyul holatiga esa 24 ta litsenziyasiz faoliyat yuritgan yuridik shaxs jarimaga tortilgan.
“Shubhali tabiblarga ishonmang, salomatligingizni xavf ostiga qo‘ymang”, – deya ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.