
- 4
- 09.07.2024 16:00:00
- 1 daq o'qish
Aholi o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan elektr energiyasi iste’molining 200 kVt/soat oylik bazaviy me’yori bo‘yicha Energetika vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Bundan asosiy maqsad iste’molchilarda elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish, davlat tomonidan aholining xarajatini qoplashga ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri va manzilli taqsimlash hamda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash.
Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilda respublika aholisi tomonidan jami 21,2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qilinishi rejalashtirilgan. Shundan, yil davomida o‘rtacha oylik iste’moli 200 kVt/soatgacha bo‘lgan iste’molchilar jami abonentlarning 60 foizini tashkil etadi.
Shu sababli, yaqin kelajakda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt/soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas.