Madaniyat vazirligi qariyb yarim mlrd so‘mga portal yaratmoqda

Madaniyat vazirligi qariyb yarim mlrd so‘mga portal yaratmoqda
  • 5
  • 06.10.2023 08:34:00
  • 1 daq o'qish

Ushbu portalga davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 10 nafar madaniyat va san’at sohasi vakillari haqida ma’lumotlar joylanadi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning joriy yil 15 sentyabrdagi buyrug‘iga muvofiq, ushbu portalni yaratish va amaliyotga tatbiq etish uchun ishchi guruh tuzilgan.
Mazkur portalda davlat mukofotlari bilan taqdirlangan madaniyat va san’at sohasi vakillari haqida ma’lumotlar kiritiladi. Dastlab, 10 nafar san’atkorning ma’lumotlari kiritilishi rejalashtirilgan.
Joylanadigan ma’lumotlar Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi, Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish bo‘limi, San’atni rivojlantirish boshqarmasi, Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘limi, "O‘zbekkonsert", "O‘zbekiston davlat filarmoniyasi", "O‘zbekteat", "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasalari tomonidan nazorat qilib borilishi belgilangan.
Qayd etilishicha, ushbu portalning xarajatlar smetasi 448 mln so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Madaniyat vazirligi 8 mlrd so‘mga zamonaviy avtomobil sotib olgan edi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News