O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil qildi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil qildi
  • 4
  • 18.07.2023 15:41:00
  • 1 daq o'qish

Mazkur qiymat orqali kambag‘allik chegarasi belgilanadi. Statistika agentligining ma’lum qilishicha, "2023 yil uchun Statistika dasturi"da belgilangan muddatda minimal iste’mol xarajatlari qiymati hisoblangan.
Unga ko‘ra, 2022 yil (yillik) inflyasiya darajasidan kelib chiqib, 2023 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda minimal iste’mol xarajatlari 13,2 foizga oshib, bu ko‘rsatkich 498 ming so‘mni tashkil qilgan edi.
Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:
— davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
— mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
— kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
— pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Manba: Uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News