Myanmada qochqinlar lageriga harbiylar hujumi sabab 29 kishi halok bo‘ldi

Myanmada qochqinlar lageriga harbiylar hujumi sabab 29 kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 11.10.2023 08:17:00
  • 1 daq o'qish

Myanma shimolidagi Kachin shtatidagi qochqinlar lageriga harbiylar tomonidan uyushtirilgan zarba oqibatida o‘nlab odamlar, jumladan, uch oylik chaqaloq halok bo‘ldi.
10-oktyabr kungi xabarlarga ko‘ra, harbiylar dushanba kuni kechqurun Myanma shimolidagi katta qochqinlar lagerini o‘qqa tutgan. Kamida 33 kishi halok bo‘lgan, ulardan 13 nafari bolalar (jumladan, uch oylik chaqaloq bor). Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, aslida o‘lganlar soni ko‘proq, chunki ba’zi odamlar hali ham vayronalar ostida, bloklardan birining o‘rnida esa “katta o‘ra” qolgan. Hujum paytida lagerda 850 ga yaqin qochqin bo‘lgan.

Harbiy artilleriya zarbasiga uchragan lager Myanmaning hozirgi xuntasiga qarshi kurashayotgan qurolli guruh “Kachin Mustaqillik armiyasi” bazasi yaqinida joylashgan. Kachinda bir necha oy davomida qo‘shin va isyonchilar o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda. Har ikki tomonning harakatlaridan tinch aholi jabr ko‘rmoqda. Myanma rasmiylariga ko‘ra, mojarolar oqibatida 75 ming uy vayron bo‘lgan, 2 milliongacha odam qochqinga aylangan.

Bu Myanma harbiylarining Kachindagi tinch aholiga birinchi hujumi emas. O‘tgan yili ular konsert maydoniga hujum qilib, 60 kishini o‘ldirgandi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News