Surxondaryo viloyati hokimi senator bo‘ldi

Surxondaryo viloyati hokimi senator bo‘ldi
  • 4
  • 13.06.2023 15:44:00
  • 1 daq o'qish

Oliy Majlis Senatida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy Saylov komissiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyat, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxo‘jayev ishtirok etdi.  

Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News