
- 17
- 12.06.2023 14:46:00
- 1 daq o'qish
Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi aloqa boshqarmasi boshlig‘i “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Ayni kungacha Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Po‘latov Shuhrat Abdujabborovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 iyun kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda elektr energetika tizimini yanada isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Izbosarov Agzam Faxriddinovich tayinlandi. Tayinlovga qadar A. Izbosarov O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.
Manba: Uznews.uz