Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovlaridagi raqibi hisoblangan Istanbul meri qo‘lga olindi

Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovlaridagi raqibi hisoblangan Istanbul meri qo‘lga olindi
  • 2
  • 19.03.2025 13:33:00
  • 1 daq o'qish

19-mart kuni Istanbul shahri meri, muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi (CHP) vakili Akrom Imomo‘g‘li, uning matbuot kotibi, shuningdek, shahar ma’muriyatining yana 100 ga yaqin xodimi hibsga olingan. 
Akrom Imomo‘g‘li Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovlaridagi ehtimoliy raqibi hisoblanadi. U konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, jinoiy tashkilot tuzish va “Kurdiston ishchilar partiyasi”ga yordam berishda ayblanmoqda. 
Siyosatchining hibsga olinishi fonida shaharda bir nechta yo‘llar yopildi, to‘rt kun davomida har qanday namoyishlar o‘tkazish taqiqlandi, ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklandi va turk lirasi kursi rekord darajada quladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News