Rossiyada baliq ovlayotgan erkakning o‘zi “qarmoqqa ilindi”

Rossiyada baliq ovlayotgan erkakning o‘zi “qarmoqqa ilindi”
  • 0
  • 26.09.2025 07:36:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Krasnoyarsk hududida baliq oviga chiqqan erkak qayiq tebranishi tufayli tasodifan o‘z ilgagini yutib yubordi. U og‘zida ushlab turgan sun’iy xo‘rak qizilo‘ngachiga tushib ketgan. Shifokorlar erkakning tomog‘idan ilgakni endoskopiya yordamida jarrohliksiz chiqarib oldi. Uning ahvoli hozir yaxshi ekani ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News