
- 4
- 14.06.2024 13:22:00
- 1 daq o'qish
14-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnologik va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Madaniy-gumanitar almashinuv samarali rivojlanayotgani yuqori baholandi.
Shuningdek, xavfsizlik va mudofaa sohasida, xususan, kiberjinoyatlar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha yaqin aloqalarni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratildi.