
- 0
- 05.09.2025 07:27:00
- 1 daq o'qish
Antarktidada 1986-yilda ajralib chiqqan A23a aysbergi qariyb 40 yildan so‘ng iliq suvlarda erib, tez parchalanmoqda. Olimlarning prognoziga ko‘ra, u bir necha hafta ichida butunlay yo‘qolishi mumkin.
“Megaberg” nomi bilan tanilgan A23a yil boshida bir trillion tonnaga yaqin og‘irlikda bo‘lib, hozirda hajmining yarmidan ayrilgan bo‘lsa-da, hanuz 1 770 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. So‘nggi haftalarda undan 400 kvadrat kilometrlik ulkan bo‘laklar ajralib chiqqan. Mutaxassislar issiq suv va kuchli to‘lqinlar uning parchalanishiga sabab bo‘lganini aytmoqda. Olimlar aysberglarning tezroq erishi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.