- 5
- 29.03.2023 15:53:00
- 1 daq o'qish
🍋Masalliqlar:
1 dona qaynatilgan lavlagi
1dona behi
3 osh qoshiq qatiq
1 bog‘ shivit
Yarimta limon
2 osh qoshiq yong‘oq
1 choy qoshiq tuz
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Behini tozalab, qirg‘ichdan o‘tkazib, limon sharbatidan qo‘shamiz.
- Lavlagi, qatiq va tuz blenderdan o‘tkazilgandan so‘ng, behi bilan yaxshilab aralashtirib, idishga solamiz.
- Dasturxonga tortishda ustiga yong‘oq va shivitni sepsangiz yanada chiroyli bo‘ladi😍