
- 0
- 26.08.2025 08:16:00
- 1 daq o'qish




Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand aeroportida uni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Keyin esa Abdulla II ibn al-Husayn Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand shahrining tarixiy obidalarini ziyorat qildi. Podshoh tashrifi 25–26-avgust kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, Samarqandda oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 26-avgust kuniga rejalashtirilgan.