
- 7
- 20.07.2024 14:28:00
- 1 daq o'qish
Badiiy gimnastika bo‘yicha Yaponiya ayollar terma jamoasi yetakchisi, 19 yoshli Syoko Miyata terma jamoada odob-axloq qoidalarini buzgani uchun Parij Olimpiadasida ishtirok etmaydi. U chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilganini tan olgan. Miyata 2022-yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi hisoblanadi.
Yaponiyada chekish va spirtli ichimliklar ichishga faqat 20 yoshdan boshlab ruxsat etiladi. Hozirda Miyataga nisbatan tergov boshlangan.