Isroillik harbiylar HAMAS havo kuchlari qo‘mondoni o‘ldirilganini aytmoqda

Isroillik harbiylar HAMAS havo kuchlari qo‘mondoni o‘ldirilganini aytmoqda
  • 7
  • 14.10.2023 14:07:00
  • 1 daq o'qish

Isroil Mudofaa armiyasi 13-oktyabr kuni G‘azo sektoriga amalga oshirilgan zarbalar oqibatida HAMAS havo kuchlari rahbari Merad Abu Merad o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Merad Abu Merad “shanba kungi qirg‘inda terrorchilarni boshqarishga mas’ul bo‘lgan”.

Qayd etilishicha, HAMASning yuqori martabali amaldori Isroil armiyasi qiruvchi samolyotlarining G‘azodagi tezkor shtabga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Mazkur shtabda HAMAS o‘zining havo faoliyatini boshqarib kelgan.

Isroil Mudofaa armiyasining qo‘shimcha qilishicha, G‘azo sektoriga 14-oktyabr kechasi amalga oshirilgan “keng ko‘lamchi zarbalar” oqibatida HAMASning “Nuxba” maxsus kuchlarini o‘nlab jangchilari o‘ldirilgan.

13-oktyabr kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari G‘azo fuqarolariga shahar shimolini tark etishni buyurgani haqida xabar berilgandi. BMT ushbu buyruqni bekor qilishga chaqirib, gap bir milliondan ortiq odamni ko‘chirish haqida ketayotganini ta’kidladi. Avvalroq HAMAS guruhi bilan muzokaralar faqat Isroil G‘azodagi operatsiyadan ko‘zlangan maqsadlariga erishgandan keyingina mumkin bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News