Isroil armiyasi G‘azoga quruqlikdan bostirib kirishni bekor qilishi mumkin

Isroil armiyasi G‘azoga quruqlikdan bostirib kirishni bekor qilishi mumkin
  • 4
  • 24.10.2023 12:53:00
  • 1 daq o'qish

Isroil siyosiy rahbariyati agar HAMAS garovga olinganlarni ozod qilishda davom etsa, G‘azo sektoriga quruqlikdan bostirib kirish rejalarini bekor qilishi yoki bosqinni qisqa vaqtda to‘xtatishi mumkin. The Times of Israel nashrining yozishicha, Isroil armiyasi qo‘mondonligi orasida bunday xavotir keng tarqalgan.

Shu bilan birga Isroil armiyasi qo‘mondonligi HAMASga qarshi quruqlikdagi operatsiya asirga olingan isroilliklarni ozod qilishni tezlashtiradi, deb hisoblamoqda. Harbiylar hukumat tez orada bosqinni boshlash haqida qaror qabul qilishiga umid bildirmoqda, chunki chegara bo‘ylab joylashgan qo‘shinlar faqat cheklangan vaqt davomida yuqori tayyorgarlik holatida turishi mumkin.

HAMASga qarshi 16 kunlik havo hujumlaridan so‘ng Isroil armiyasi hukumatga G‘azo sektorida quruqlikdan hujum boshlashga to‘liq tayyor va hatto harbiylar orasida og‘ir talofatlar hamda “Hizbulloh” guruhining mamlakat shimolidagi hujumlariga qaramay, o‘z maqsadlariga erisha olishiga ishonchi komil ekanini aytgan, dedi manbalar.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News