Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
  • 8
  • 23.09.2023 07:25:00
  • 1 daq o'qish

Kecha IndiGo aviakompaniyasi Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi. 22-sentabr kuni Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da bortida 167 yo‘lovchisi bilan samolyot poytaxt aeroportiga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Dehliga uchayotgan yo‘lovchilar uchun tantanali ro‘yxatdan o‘tkazish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston aviakompaniyasining muntazam parvozlari qulay A-320 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News