
- 22
- 15.10.2024 08:54:00
- 1 daq o'qish
Sirdaryo viloyatida IIB xodimi vazifasida ishlagan, so‘ngra o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan Muxtor Sharafboyev 3 kishining o‘limi aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U oilali bo‘lishiga qaramay, ofitsant ayol bilan tanishgan va yashash uyiga borgan. Erkak va ayol jinsiy aloqadan so‘ng suhbat davomida tortishib qolgan va sobiq inspektor xonada stul ustida turgan o‘tkir tig‘li ayollar tirnog‘ini tekislaydigan moslamani olib, ayolning bo‘yin, jag‘ va peshona sohalariga bir necha marotaba urgan. Oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.
Shovqindan xonaga kirgan ayolning farzandi va qo‘shni xonada uxlab yotgan onasini yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, jinoyatini yashirish maqsadida uyni yoqib yuborgan. Erkak ayol va uning onasi tinimsiz ustidan ariza yozavergani sabab u bilan gaplashib olish maqsadida joriy yil 26-aprel kuni uning uyiga borganini aytgan. Erkak sudda aybiga iqror bo‘lgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.