
- 6
- 27.08.2024 16:15:00
- 1 daq o'qish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqib,
qabul qilishdi. Hujjat yana Senat tomonidan ma’qullanishi kerak, shundan so‘ng, prezident tomonidan imzolanadi.
Shuningdek, 2022-yildan O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.