
- 11
- 17.08.2023 14:11:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoni bilan Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Davlat rahbari matbuot kotibining xabar qilishicha, shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimida 2022-yilning iyulidan buyon ishlab kelayotgandi.
Undan avval, 2019-yil 28-yanvardan bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Manba: daryo.uz