
- 4
- 05.07.2024 16:10:00
- 1 daq o'qish
Pavel Durov “Hamster Kombat” o‘yini yaratuvchilari tez orada TON blokcheynida token chiqarishlarini ma’lum qildi. Mini-ilovadan 3 oyda 239 mln nafar kishi ro‘yxatdan o‘tgan. U bor-yo‘g‘i 73 kunda 100 mln oylik foydalanuvchilarga ega bo‘ldi.
“Tez orada „Hamster“ jamoasi o‘z tokenini TONda chiqaradi va yuz millionlab odamlarni blokcheynning afzalliklaridan boxabar qiladi. Biz yangi davr kelishiga real vaqtda guvoh bo‘lamiz”, — deydi Durov o‘z telegram sahifasida.