
- 5
- 16.05.2024 16:31:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi haj mavsumi 2024-yil 23-maydan boshlanishini ma’lum qildi.
Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent—Madina, Buxoro—Madina, Namangan—Madina, Farg‘ona—Madina, Samarqand—Madina, Qarshi—Madina, Termiz—Madina, Urganch—Madina, Nukus—Madina va Navoiy—Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.