
- 0
- 17.09.2025 07:54:00
- 1 daq o'qish


O‘zbekiston Birinchi Prezidentining nabirasi va bloger Maryam Tillayeva Instagram’dagi savol-javobda onasi Lola Tillayeva bilan munosabatlari haqida ochiq gapirdi.
Maryamning aytishicha, u besh yildan beri onasi bilan umuman gaplashmaydi va u yaqin qarindoshlar orasida muloqotni butunlay uzgan yagona inson. Onasining xatti-harakatlari unga doim g‘alati tuyulgan: “Boshqalarga yaxshi ko‘rinishga urinadi, ammo buvimdan xabar olmaydi”, — deydi Maryam.
U oilasidagi ayrim voqealarni hurmat yuzasidan oshkor etmasligini, ammo onasining nosog‘lom raqobatga urinishlarini sezishini aytdi. Maryam shuningdek, yuqori mansab va boylik oilaviy muammolarni oqlamasligini, bundan buyon hayotidan zavqlanib yashashni va o‘z oilasini qurishni maqsad qilganini bildirdi.