Xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim

Xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim
  • 6
  • 19.10.2024 16:01:00
  • 1 daq o'qish

18-oktabr kuni Qozog‘istonning Qiziljar tumani hokimi o‘rinbosari Alma Nurgaliyeva xizmat mashinasida nonga chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning non olish uchun to‘xtagani va mashinasini to‘xtash taqiqlanadigan hududda qoldirgani aks etgan video tarqalgan. U uni tasvirga olayotgan blogerga “Meni tasvirga olmang, sizga pul berishim mumkin”, degan. 

Uning ishi Odob-axloq kengashida ko‘rib chiqilib, intizomiy jazo ko‘rilgan, mashinani belgilanmagan joyga to‘xtatgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va jarima to‘lagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News