
- 3
- 31.01.2024 17:05:00
- 1 daq o'qish
Hukumat sement zavodlari qurilishiga moratoriy eʼlon qilmoqchi.
Aziz Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida ayrim sement zavodlari ekoturizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan tog‘li hududlarda qurilgani, bu salomatlik va tabiatga zarar keltirishini aytdi.
Hozirda qonunchilikda bunday holat uchun belgilangan 100−200 mln so‘m jarimani 10 mlrd so‘mga oshirish rejalashtirilmoqda.
Aziz Abduhakimov sement ishlab chiqaruvchi korxonalar ustidan ekologik nazorat Bosh prokuratura bilan birgalikda amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi.