O‘zbekistonning oltin valyutasi 1,65 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin valyutasi 1,65 mlrd dollarga kamaydi
  • 5
  • 14.10.2023 14:32:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1 milliard 650 million dollarga kamayib, 2023-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 31 milliard 39,3 million dollarni tashkil etmoqda. 

Zaxiralar ketma-ket oltinchi oy kamaymoqda — mayda rasmiy zaxira aktivlari 837,9 million dollarga, iyunda — 649 million dollar, iyulda —71,8 million dollar, avgustda esa 958 million dollarga kamaygandi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi” 4,73 milliard dollarga kamaydi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi oltin zaxirasi 335 million dollarga kamayib, 23 milliard 95 million dollarni tashkil etmoqda. Qimmatbaho metallning hajmi ham 0,2 million troy unsiyaga (6,22 tonna) ko‘payib, 12,3 million troy unsiyasini (taxminan 382,57 tonna) tashkil etdi.

O‘zbekiston o‘tgan yanvar–aprel oylarida 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qilgan. Aprel oyida O‘zbekiston oltin eksportini 650 million dollargacha qisqartirdi. Xorijga qimmatbaho metall yetkazib berishning umumiy hajmi 3,06 milliard dollarni tashkil etdi. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News