
- 0
- 25.07.2025 08:46:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Samsun shahrida 20 yoshli qiz sevgan yigitidan voz kechishni talab qilgan onasini 11 marta pichoqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ona-bola orasida shaxsiy munosabatlar yuzasidan janjal chiqqan. 61 yoshli ona qizini yigitidan ajralishga undagan, buning ortidan og‘ir tortishuv kelib chiqqan.
Janjal chog‘ida qiz onasiga pichoq bilan hujum qilgan va uni 11 marta pichoqlagan. Jarohatlangan onaning ahvoli og‘ir bo‘lib, u zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Qiz voqeadan so‘ng o‘zi tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. U tergov jarayonida aybini tan olib, “Onajon, sizni yaxshi ko‘raman. Bunday bo‘lishini xohlamagandim. Bu bexosdan sodir bo‘ldi”, degan.
Hozirda qiz hibsda va unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.