
- 25
- 26.08.2024 16:28:00
- 1 daq o'qish
Angliya terma jamoasi sobiq murabbiyi shvetsiyalik Sven-Yoran Eriksson 76 yoshida vafot etdi. Erikssonga yanvar oyida saraton tashxisi qo‘yilib, unga shifokorlar 1 yil umri qolganini aytishgan edi.
Sven-Yoran Eriksson faoliyati davomida “Benfika”, “Roma”, “Manchester Siti” kabi 10 dan ortiq klublar va Angliya, Meksika terma jamoalarini boshqargan.