JCh-2026 saralashining Qitʼalararo pley-off bosqichining formati e’lon qilindi 

JCh-2026 saralashining Qitʼalararo pley-off bosqichining formati e’lon qilindi 
  • 13
  • 02.03.2024 12:10:00
  • 1 daq o'qish

2026-yilgi Mundial uchun OFKga 8+1 yo‘llanma ajratilgan bo‘lib, Osiyoning 9-jamoasi JChga chiqish uchun Konmebol, Afrika va Okeaniyaning bittadan hamda Konkakafning 2 ta terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi.
Qitʼalararo pley-off bosqichi 2025-yili JCh mezbonlaridan biri - AQSh, Meksika yoki Kanadada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Turnirda ishtirok etuvchi 6 ta terma jamoa FIFA reytingidagi o‘rniga asosan juftliklarga ajratiladi. Qitʼalararo pley-offda g‘olib chiqqan 2 ta terma jamoa JCh-2026 final bosqichiga yo‘l olishadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News