
- 10
- 16.05.2023 17:26:00
- 1 daq o'qish
2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 38,7 mln yo‘lovchi tashilgan.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 11,3 mln nafarga ko‘p.
2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 430,1 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,3 foiz ko‘p.