Parij Olimpiadasi bayroqdorlari ma’lum bo‘ldi

Parij Olimpiadasi bayroqdorlari ma’lum bo‘ldi
  • 7
  • 02.07.2024 15:00:00
  • 1 daq o'qish

26-iyul — 11-avgustda Parijda o‘tkaziladigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari asosiy ochilish tadbirida O‘zbekiston bayrog‘ini bokschi Abdumalik Xalokov hamda qilichboz Zaynab Dayibekova olib chiqadi.

Tokio Olimpiadasida esa Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulova bayroqdorlar bo‘lishgandi. Biroq, ular so‘nggi pallada Bobousmon Baturov va Oksana Chusovitinani almashtirishgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News