
- 9
- 03.10.2023 08:12:00
- 1 daq o'qish
Amudaryoning Balx qismidagi Qo‘shtepa kanali qurilishining birinchi bosqichi yakunlanmoqda. Bu haqda Tolibon rasmiylari xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha mutasaddilari birinchi bosqich qazish ishlari deyarli yakunlanganini va shu oy oxirigacha butunlay ish yakunlanishi kutilayotganini aytishdi.
Aytilishicha, o‘tgan haftada Sarbanddan 42 km uzunlikdagi G‘osh Tapa kanaliga suv chiqarilgan.
Avvalroq, Qo‘shtepa” kanali qurilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkinligi haqida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev fikr bildirgan edi. “Qo‘shtepa” kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta’siri bilan bog‘liq barcha jihatlarni mamlakatlarimizdagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o‘rganish bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish zarur, deb hisoblaymiz", - degan edi davlat rahbari.
Manba: Uzreport.news