O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ilk “peshexod” ishga tushdi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ilk “peshexod” ishga tushdi
  • 0
  • 31.07.2025 08:28:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlaydigan zamonaviy piyodalar o‘tish joyi Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tashkil etildi.

Yangi tizim piyodalar harakatini xavfsiz va samarali tashkil qilishga xizmat qiladi. U orqali harakatlanayotgan odamlar sun’iy intellekt orqali aniqlanadi va yo‘l harakati avtomatik tartibga solinadi.

Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, ushbu texnologiya viloyatning boshqa hududlarida ham, respublika miqyosida ham joriy etilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News