Qoraqalpog‘istondagi ilk oltin koni o‘zlashtirilmoqda

Qoraqalpog‘istondagi ilk oltin koni o‘zlashtirilmoqda
  • 12
  • 20.08.2024 11:29:00
  • 1 daq o'qish

 Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Oxirgi 7 yilda Qoraqalpog‘istonda 17,8 trln so‘mlik 6 784ta loyiha amalga oshirilgan. Natijada 56 mingta ish o‘rni yaratilgan. Shu davrda $2,81 mlrdlik eksport qilingan. Bu yil hududda umumiy qiymati $874 mlnlik 470ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Ji An Tai International” kompaniyasi bilan Qorao‘zak tumanidagi qiymati $20 mlnlik Urusay konini o‘zlashtirish bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslarni tayyorlash bosqichi yakunlanib, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. Hozirda tegishli kon tayyorlash ishlari olib borilib, uskunalar o‘rnatildi hamda 1 mln tonna ma’dan qayta ishlandi va ishlab chiqarilgan oltin, Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga realizatsiya qilindi. Bu Qoraqalpog‘istondagi ilk oltin koni hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News