Eronda prezidentlikka nomzod ilk ayol

Eronda prezidentlikka nomzod ilk ayol
  • 4
  • 03.06.2024 17:26:00
  • 1 daq o'qish

30-may kuni Eronda prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Saylovda ilk bor nomzod sifatida ro‘yxatga olingan birinchi ayol sobiq deputat Zuhra Ilohiyon prezidentlikka nomzodini qo‘ydi. 

Shuningdek, Eron sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olingan. U 2005-yildan 2013-yilgacha Eron prezident bo‘lgan. Uning 2009-yildagi bahsli qayta saylanishi butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli noroziliklarga sabab bo‘lgan, o‘nlab odamlar o‘ldirilgan va minglab odamlar hibsga olingan. 2017 va 2021-yillarda Ahmadinajodga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News