
- 12
- 07.06.2023 07:28:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda ilk Aksilkorrupsiya alifbosi yaratildi.
Unga ko‘ra, mazkur alifbo Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT TD va boshqa tashkilotlar bilan e’lon qilingan grant tanlovi doirasida ishlab chiqildi. Loyiha ijrochisi — “Muloqot” nodavlat tashkiloti. Alifbo bolalar, yoshlar va pedagog-murabbiylar uchun mo‘ljallangan.
Unda kundalik hayotda tez-tez uchrab turadigan korrupsiyaga oid 25 ta atamaga izoh berilgan.
Manba: daryo.uz