
- 13
- 28.01.2025 08:59:00
- 1 daq o'qish
Tojikiston madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyon Amerikaning CNN telekanalining Ibn Sino haqidagi maqolasida uni o‘zbek olimi sifatida tilga olinganidan norozi bo‘lib, bu noto‘g‘ri talqin qilinganini aytib, Abu Ali ibn Sino buyuk olim va madaniyat arbobi ekani, uning merosi xalqaro ahamiyatga molik va, albatta, bir millatga emas, balki butun insoniyatga tegishli ekanini alohida ta’kidlagan.
O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ushbu holatga munosabat bildirib, IX-X asrlarda mintaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston yoki Qirg‘iziston deb tavsiflanish bo‘lmaganini aytgan.
“Va shubhasiz, uchinchi taraf bunday hollardan o‘zining g‘araz maqsadlarida foydalanadi. Biz bugun katta mintaqada yashar ekanmiz, ilm-fan, adabiyot, maʼrifat sohasida cho‘qqiga chiqqan ulug‘ olimlarni seniki, meniki demasdan bir zaminda yashagan bobolarimizning munosib farzandlari bo‘lishimiz kerak,” deya qo‘shimcha qilgan Sherzodxon Qudratxo‘ja.