Isroilga aviaqatnovlar davom etishi haqida O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi

Isroilga aviaqatnovlar davom etishi haqida O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi
  • 7
  • 12.10.2023 08:50:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini vaqtincha to‘xtatgani haqidagi xabarini o‘zgartirdi.
 

12-oktyabr kuni diplomatik missiya aviakompaniya xavfsizlik nuqtai nazaridan parvozlarni to‘xtatishga qaror qilgani haqida yozgandi. Ammo ko‘p o‘tmay, xabar o‘zgartirildi. Yangi xabarda ta’kidlanishicha, aviakompaniya 12-oktyabridagi aviaqatnovni davom ettirishga qaror qilgan.

“Keyingi aviaqatnovlar to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qilgandi. Unda O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qatʼiy tavsiya qilingan.

7-oktyabr kuni kechqurun HAMAS Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtirdi. Oqibatda o‘nga yaqin odam jarohat oldi. Raketa bo‘laklari Tel-Avivdagi uylarga qulagan.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News