
- 4
- 29.06.2024 15:05:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Elchixona Isroildagi mavjud vaziyat sabab quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi:
Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning.
Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib boring.
Isroil front orti qo‘mondonligi (Home Front Command)dan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi.
Imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklaning.
Yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi aloqalar orqali murojaat qilish tafsiya etiladi:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076