Saylov kampaniyasiga start berildi

Saylov kampaniyasiga start berildi
  • 4
  • 10.05.2023 13:39:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq muddatidan ilgari Prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmon imzolangani xabar qilingandi.

Unga muvofiq, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023 yil 9 iyul kuniga o‘tkaziladi.

Bugun, 10 may kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi o‘tkazildi. Majlisda bugundan saylov kampaniyasini boshlash haqida e’lon qilindi.

Saylov okruglarini tuzish 15 maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25 maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuziladi.

Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Saylovda ishtirok etish uchun partiyalar 15 maygacha hujjatlarni taqdim etishlari zarur. 17 may – 1 iyun oralig‘ida prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News