Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezildi

Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezildi
  • 6
  • 23.02.2023 08:07:00
  • 1 daq o'qish

Tojikistonda 23-fevral kuni 6 marotaba zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 4 magnitudadan yuqori zilzilalar Toshkent vaqti bilan 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da kuzatildi.

Soat 05:37 da qayd etilgan zilzila 5,8 magnitudaga teng bo‘ldi va uning kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 4 ball;
  • Andijon viloyatida 4 ball;
  • Namangan viloyatida 4 ball;
  • Sirdaryo viloyatida 3-4 ball;
  • Toshkent shahrida 3-4 ball;
  • Jizzax viloyatida 3-4 ball;
  • Surxondaryo viloyatida 3 ball;
  • Samarqand viloyatida 3 ball;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball;
  • Navoiy viloyatida 3 ball;
  • Buxoro viloyatida 3 ballga teng bo‘ldi.

 

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News