Yer aylanishi tezlashmoqda: sutkalar qisqarmoqda

Yer aylanishi tezlashmoqda: sutkalar qisqarmoqda
  • 0
  • 23.07.2025 13:35:00
  • 1 daq o'qish

2025-yil yozida Yerning aylanish tezligi oshgani aniqlandi. 10-iyul kuni sutka 1,36 millisekundga qisqargan — bu yilning eng qisqa kuni bo‘ldi. 22-iyul va 5-avgustda ham shunga yaqin qisqarishlar kutilmoqda.

Mutaxassislar bunday o‘zgarishlar Oy, atmosfera va Yer yadrosi ta’siri bilan bog‘liq, deya tushuntiradi. Sutkadagi kichik og‘ishlar sun’iy yo‘ldoshlar, kompyuter tizimlari va telekommunikatsiyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois, atom soatlari yordamida Yerning aylanishi aniqlik bilan kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, eng qisqa sutka 2024-yil 5-iyulda qayd etilgan — u 1,66 millisekundga qisqargan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News