- 4
- 15.07.2023 13:58:00
- 1 daq o'qish
Fargʼonada Cobalt haydovchisi yuk xonaga ikkita ayolni olib harakatlandi — video
"Odam koʼpayib ketgani sabab ikkita odamni "kapot"ga soldim", - deydi haydovchi.
Аvvalroq, ijtimoiy tarmoqda Cobalt haydovchisi mashina yuk xonasiga ayollarni olib, harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXX maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Fargʼona viloyatida sodir boʼlgan. Viloyat IIB tomonidan holat oʼrganilib, haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Unga MJtKning 128-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"8 iyulь kuni Namangandan Fargʼonaga kelayotganimda odam koʼpayib ketgani sabab ikkita odamni "kapot"ga solib, olib keldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bu holat boshqa takrorlanmaydi", - deydi haydovchi.