
- 6
- 18.10.2024 21:29:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, 12 mingga yaqin Shimoliy Koreya askari Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiyaning sharqiy hududlarida tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusseldagi matbuot anjumanida KXDR Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun harbiylarning turli bo‘linmalaridan jami 10 ming nafar askarini yuborishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qo‘shin yuborishi nafaqat Janubiy Koregayaga, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy xavfsizlikka tahdid solishi va Seul bu harakatga barcha mavjud vositalar bilan javob berishini ma’lum qilgan.