
- 4
- 04.11.2024 09:51:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreyadagi moliyaviy va oziq-ovqat inqirozi ko‘p jihatdan Rossiya bilan kelishuv orqali qoplanadi. KXDR harbiylari evaziga Rossiyadan yiliga 600-700 ming tonna guruch, kosmik texnologiyalar va askarlarga 2 ming dollar to‘lov talab qildi. Shimoliy Koreyadagi oziq-ovqat taqchilligini kamaytirishga Rossiya bilan qurol savdosi yordam beradi. Shuningdek, Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi kelishuvning muhim qismi shundaki, KXDR va qo‘shni mamlakatlar bilan nizo yuzaga kelsa, Rossiya u tomonida jang qilishni va’da bergan.
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani uchun har bir shimoliy koreyalik askarga oyiga taxminan 2000 dollar to‘lanadi.