
- 6
- 09.10.2024 09:29:00
- 1 daq o'qish
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun 16—23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish tashkil etish belgilandi. Muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning chet davlatlardagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish ushbu davlatdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshirilishi belgilab berildi.