
- 0
- 18.08.2025 08:13:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lamayotgani haqida xabar tarqalib, aliment undirish boyicha sud jarayoni qayta otkazilishi ma’lum qilingandi.
Sud qaroriga ko‘ra, Kusherbayevdan 2023-yilda tug‘ilgan farzandi voyaga yetguncha har oy daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undiriladi.
Shuningdek, javobgardan davlat foydasiga davlat boji va pochta xarajatlari ham undirilishi belgilandi.